1000 metr yer ostida kasal bo‘lib, qolib ketgan tadqiqotchi Mark Dikki qutqarib olindi
Turkiyadagi xalqaro qidiruv ekspedisiyasi vaqtida 1000 metr yer ostida kasal bo‘lib, qolib ketgan Mark Dikki bir necha kunlik urunishdan so‘ng qutqarib olindi.
12-sentyabr kuni amerikalik tadqiqotchi Mark Dikki Turkiyadagi g‘orda to‘qqiz kun qolib ketganidan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga olib chiqildi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 40 yoshli tadqiqotchi Taurus tog‘laridagi Morka g‘orining chuqurligini tekshirish chog‘ida oshqozonida muammolar paydo bo‘lgan va g‘orda qolib ketgan.
Qayd etilishicha, Dikkini qutqarish uchun Turkiya, Xorvatiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan kelgan 150 dan ortiq qutqaruvchilar to‘qqiz kun ishlagan va qutqaruv operasiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan.
“Mark Dikki g‘orning so‘nggi chiqish joyidan olib chiqildi”, dedi Turkiya g‘or federasiyasi.