Air China samolyotining dvigateli yonib ketdi

Air China samolyotining dvigateli yonib ketdi
Air China aviakompaniyasi samolyoti yakshanba kuni tushdan keyin dvigateli yonib ketganidan so‘ng Singapurga eson-omon qo‘ndi, deya xabar beradi South China Morning Post.

Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, Tyanfu aeroportidan Chenduga CA403 reysi bo‘yicha barcha yo‘lovchilar va ekipaj qo‘nganidan so‘ng, shishiriladigan traplar yordamida xavfsiz evakuasiya qilingan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Keyinroq Singapur rasmiylari bortdagi to‘qqiz kishi yengil jarohat olganini ma’lum qildi.

Changi aeroportidagi №3 uchish-qo‘nish yo‘lagi vaqtincha yopildi.

Chap dvigateldagi yong‘in o‘chirildi, 146 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi evakuasiya qilindi.

VariFlight.com parvozlarni kuzatish ilovasiga ko‘ra, Singapur vaqti bilan soat 20:00 holatiga ko‘ra, uchish yoki kelishlarning 30% ga yaqini hodisa tufayli kechiktirilgan yoki bekor qilingan.

Changi aeroporti Facebookda ma’lum qilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagi samolyot xavfsizligi tekshirilgandan keyin taxminan uch soat o‘tib qayta ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarga qaraganda, samolyotning chap dvigateli yonib ketgan. Boshqa suratlarda salon ichidagi tutun ko‘rsatilgan.

Air Chinaning ta’kidlashicha, Airbus 320neo to‘rt yil oldin xizmatga kirgan.

Xitoyning eng so‘nggi avia halokat o‘tgan yilning mart oyida, Xitoy janubidagi Guansi shahrida China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boing 737-800 samolyoti tog‘ yonbag‘iriga qulab tushishi oqibatida bortdagi barcha 123 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi halok bo‘lgan edi. Ushbu hodisa yuzasidan rasmiy tergov hali ham davom etmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив