Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi
AQSh sudyasi Artur Engoron sobiq prezident Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezident moliyaviy hisobotlarida o‘z boyligini yiliga milliardlab dollarga bo‘rttirib ko‘rsatganligi uchun javobgardir.
N’yu-York shtati bosh prokurori Letisiya Jeyms so‘nggi 10 yil ichida Donald Tramp o‘z boyligini har yili 1,9 milliard dollardan 3,6 milliard dollarga oshirganini aytdi.
Prokuror Trampga 250 million dollar jarima solishi, shuningdek, unga va o‘g‘illariga “Trump Organization” oilaviy biznesini boshqarish taqiqlanishini talab qilmoqda.
Donald Trampning mudofaa guruhi firibgarlik ayblovlarini rad etib, prokurorning da’vosida siyosiy motiv borligini aytdi.
Prokuror, o‘z navbatida, Tramp va uning sheriklari kredit va sug‘urta bo‘yicha yaxshiroq shartlarni olish uchun moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirganini ta’kidladi.