Portlashdan talofat ko‘rgan uylarning zarari qoplab beriladigan bo‘ldi

Portlashdan talofat ko‘rgan uylarning zarari qoplab beriladigan bo‘ldi
Avval xabar qilganimizdek, Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Ayni paytga qadar berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash va yong‘in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob’ektlar jiddiy zararlangan.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanidagi portlash va yong‘in bo‘yicha vaziyat Toshkent hokimligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Quruvchi massividagi portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi.

“Moddiy zarar 2-3 kun ichida qoplanadi, bu muammolarni hal qilamiz”, dedi favqulodda hodisa joyiga yetib kelgan Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив