Sergelida kuchli portlash ro‘y berdi. Asosiy ma’lumotlar
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlash oqibatida yirik yong‘in ro‘y berdi. O‘zbekiston FVV vaziyat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.
«Bugun, 28 sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Quruvchilar» dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», deyilgan xabarda.
«Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi hodisa «Samolyot qulashi oqibatida sodir bo‘lgan» mazmunidagi feyk xabarlar tarqalmoqda. Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Yong‘in hodisasi «Inter Logistics» MChJga qarashli omborxonada sodir bo‘lgan», deyilgan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirlining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filialiga olib kelingan.
«Hozirga qadar ular orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda shifokorlar tomonidan jabrlanganlarga barcha kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», deyiladi xabarda.
Yong‘in oqibatida voqea joyi va uning atrofidagi xonadonlarda jarohatlanganlarga ham shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilingan.
IIV jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilayotgani haqida xabar berdi.
Bojxona qo‘mitasi ushbu ombor tadbirkorlik sub’yektiga tegishli bo‘lib, Bojxona qo‘mitasi vakillari ham voqea joyida bo‘lib turgani haqida xabar berdi.
Yong‘in sabablari tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganilib qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinishi aytilgan.