Sun’iy intellekt boshqa sayyoralarda hayot izlarini topishni o‘rgandi
Karnegi instituti biologlari va astrofiziklari jamoasi tomonidan yerdan tashqaridagi hayot izlarini qidirishning yangi usuli ishlab chiqildi.
Mutaxassislar jonli va jonsiz narsalarni ajrata oladigan sun’iy intellektni ishlab chiqishdi.
Algoritmni ishlab chiqishda olimlar 134 ta abiotik va biotik namunalarning molekulyar tadqiqotlari ma’lumotlaridan foydalanishdi. Yangi neyrotarmoq biologik jihatdan kelib chiqqan namunalarni 90 foiz aniqlik bilan topdi. Jumladan, sun’iy intellekt yuz millionlab yillar oldin mavjud bo‘lgan qobiqlar, suyaklar, sochlar, hujayralar va fotoalbomlar kabi narsalarni aniqladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ishlanma Mars sirtini o‘rganishga yordam beradi, chunki namunalar tahlil uchun Yerga yuborilishi shart emas. Ular, shuningdek, Yupiterning Yevropa sun’iy yo‘ldoshida hayot bor yoki yo‘qligini aniqlash va Yerdagi bir qator ilmiy jumboqlarni yechish uchun neyrotarmoqdan foydalanishga umid qilmoqda. Xususan, u 3,5 milliard yil avval hosil bo‘lgan cho‘kindilardagi qadimiy mikroblarni qidirishda qo‘llaniladi, deb xabar beradi mir24.tv.