Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi

Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi
Andijon viloyatining ikki tumanida 16 iyun kuni yangi mikro GESlar ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Andijon tumanining Zavroq mahallasi kanalining birinchi piketida quvvati 200 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln kVt/soat bo‘lgan Zavroq mikro GES ishga tushirildi. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali, kelgusida Andijon tumanining 300 ta xonadonini yoki 1 200 nafar aholisini ekologik toza elektr energiya manbayi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Loyihaning umumiy qiymati 3,4 milliard so‘mni, xususan asbob-uskunalar 1,9 milliard so‘mni, qurilish-montaj ishlari 1,5 milliard so‘mni, shundan 220 million so‘m quvvatni tarmoqqa uzatish xarajatlarini tashkil etdi. Loyihaning o‘zini iqtisodiy jihatdan qoplash muddati 4,4 yilni tashkil etadi.

Shu bilan birga, bugun Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ulug‘nor kanali PK-85 da qurilgan mikro GES ham yangi quvvatda ishga tushirildi. Quvvati 50 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming kVt/soatni tashkil etgan mazkur mikro GES 150 ta xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Loyihalashtirish ishlari Jamiyat tarkibidagi “Gidroproyekt” AJ tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish hisobiga mahalliy hududda uzluksiz elektr energiyasi ta’minotiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, doimiy asosda 40 taga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив