Orqa miya shikastlanganidan keyin oyoqda harakatlanishni tiklash usuli topildi
Kaliforniya va Garvard universiteti olimlari orqa miya shikastlanganidan keyin uning faoliyatini tiklash yo‘lini topishdi.
Yangi usulning mohiyati aksonlarning tez o‘sishini – nerv hujayralarining bir-biri bilan “muloqot qilishiga” imkon beradigan neyronlarning proyeksiyalari rag‘batlantirishdan iborat. Tadqiqotchilar tabiiy maqsadli hududlardagi neyronlarning o‘ziga xos subpopulyasiyalaridan aksonlarni qayta tiklash sichqonlarda orqa miya shikastlanishidan keyin qanday qilib funksional tiklanishga olib kelishi mumkinligiga e’tibor qaratishdi. Olimlar jamoasi orqa miyaning qisman shikastlanishidan keyin oyoqda harakatlanishni yaxshilashga hissa qo‘shadigan nerv hujayralari guruhlarini aniqlash uchun birinchi marta ilg‘or genetik tahlildan foydalanishdi.
Ular orqa miyaning tegishli bo‘lmasiga aksonlar regenerasiyasini yo‘naltirishda kimyoviy signallardan foydalanish tiklanish jarayoni samarali kechishiga yordam berishini aniqlashdi.
Boshqacha qilib aytganda, maqsadli davolanish oyoqda harakatlanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Buning uchun birinchi navbatda neyronlarning funksional buzilishlari bilan bog‘liq aksonlarni va qayta tiklash, so‘ngra jarohatlar uchun aksonlarni yo‘naltiruvchi kimyoviy moddalarni aniqlash talab etiladi, deb xabar beradi lenta.ru.