Meksikada cherkov tomi qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Meksikada cherkov tomi qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi
Syudad-Madero shahrida (Meksika) cherkov tomi qulashi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda mintaqaviy xavfsizlik vazirligi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, suvga cho‘mish marosimi chog‘ida cherkov tomi qulab tushgan. Bino ichida bo‘lgan cherkov a’zolari va cherkov ishchilarining aniq soni noma’lum. Fojia "tuzilmaviy nosozlik" tufayli yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida vayronalarni tozalash davom etmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив