Eronda o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Eronda o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Eronning Keraj shahrida o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Eron rasmiy agentligi IRNA xabariga ko‘ra, bu haqda Peyam ayeroporti jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yozma bayonot berdi.

"Kerajdagi Peyam ayeroportida mashg‘ulot samolyotining qulashi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi", deyiladi bayonotda.

Samolyotning qulashi sabablari haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, voqea yuzasidan tergov boshlangani qayd etildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив