Qirg‘iziston qimordan 522 489 dollar foyda ko‘rgan

Qirg‘iziston qimordan 522 489 dollar foyda ko‘rgan
2023 yilning yanvar-avgust oylari natijalariga ko‘ra, Qirg‘izistonda ikkita kazino faoliyatidan tushgan soliq tushumlari 46 million 350 ming som (taqriban 522 489 AQSh dollari)ni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar mamlakat Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

Qayd etilishicha, oxirgi bir oy davomida ushbu soliq turidan g‘azna 14 million 850 ming som (167 399 AQSh dollari)ga to‘ldirilgan.

Bundan tashqari, g‘aznaga bukmekerlar va lotereyalar faoliyatidan yana 1,4 million som (15 781 AQSh dollari), kompyuter simulyatori o‘yin avtomatlaridan 80 ming som (901 AQSh dollari) kelib tushgan.

Shu tariqa, joriy yilning atigi sakkiz oyida mamlakat byudjeti qimor o‘yinlaridan 47 million 830 ming som (539 172 AQSh dollari)ga to‘ldirilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning iyun oyi oxirida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonda qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Keyin Vazirlar Mahkamasiga ushbu bozordagi o‘yin qoidalarini tezroq ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Barcha kerakli qoidalarni ishlab chiqish uchun rasmiylarga uch hafta vaqt kerak bo‘ldi. Hujjatga ko‘ra, Faqat Mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki Yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar 10 yil muddatga berilgan lisenziya asosida qimor faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив