Majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 225 ta murojaat tushgan

Majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 225 ta murojaat tushgan
AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda paxta yig‘im-terimi davrida mehnat sharoitlari yaratilishi va majburiy mehnatning oldini olish haqida ma’lumot berildi.

Bugungi kun ma’lumotiga ko‘ra majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 225 ta murojaat tushgan.

Murojaatlarning 172 tasi call markaz orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali – 18 ta, telegram bot orqali –18 ta kelib tushgan.

Tahlillarga ko‘ra murojaatlarning:

4 tasi – majburiy mehnatga jalb qilinganligi;

11 tasi – munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi;

13 tasi – terim pullari o‘z vaqtida berilmayotganligi;

4 tasi – mehnat shartnomasi mavjud emasligi;

177 tasi – 1 kg teriladigan paxtaning narxi to‘g‘risida bo‘ldi.

Hududlarda tashkil etilgan Ishchi guruhlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib, shulardan, 17 ta murojaat qanoatlantirildi, 189 ta murojaat bo‘yicha terimchilar va fermer xo‘jaliklariga tushuntirish berildi, 15 ta murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив