Qozogʻiston Rossiyadan Markaziy Osiyoga yogʻoch tranzitini toʻxtatib qoʻydi

Qozogʻiston Rossiyadan Markaziy Osiyoga yogʻoch tranzitini toʻxtatib qoʻydi
Rossiya yogʻoch mahsulotlarining Qozogʻiston orqali Markaziy Osiyoga eksporti toʻxtatib qoʻyildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarga amal qilishini eʼlon qilganidan soʻng sentyabr oyining boshidan ushbu mamlakat orqali Rossiya panelli mahsulotlarini eksport qilish toʻxtatib qoʻyilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Rossiyaning mebel va yogʻochni qayta ishlash korxonalari uyushmasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining 40 foizini aynan Qozogʻiston orqali eksport qilib kelgan. Ammo endi Qozogʻistonning Rossiya mahsulotlari uchun tranzit yoʻllarni yopishi fonida yogʻoch sanoati korxonalari oktyabr oyining oxiriga qadar ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishi mumkin.

Bu esa Rossiya Shimoli-gʻarbiy federal okrugidagi korxonalarga jiddiy taʼsir oʻtkazishi kutilmoqda. Chunki ushbu korxonalar avval Yevropa Ittifoqi davlatlariga mahsulot yetkazib bergan boʻlsa, Ukraina urushidan keyin Rossiyaga qarshi qoʻyilgan sanksiyalar sabab Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qila boshlagandi. Qozogʻistondan tranzitning toʻxtatilishi Rossiya korxonalarini Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bozorlariga kirishdan mahrum qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив