G‘azo sektorida yaralanganlarning 30-40 foizi bolalar

G‘azo sektorida yaralanganlarning 30-40 foizi bolalar
G‘azo sektorida faoliyat ko‘rsatayotgan harbiy jarroh Hasan Abu-Sitta ta’kidlashicha, Isroil zarbalaridan jabrlanganlarning salkam yarmi bolalardan iborat.

“Isroil bergan aviazarbalardan yaralanganlarning 40 foizi bolalar” dedi u CNN telekanali efirida chiqish qilib. Ularning ko‘pchiligi o‘z uyi vayronasi ostida qolgan. “Jarohatlar jarrohlik amaliyotini talab qiladi”, - qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi vakili Ashraf Kudra hududda sog‘liqni saqlash tizimi zaxirasi tamom bo‘lgani, jabrdiydalarga yordam berishga ulgurilmayotgani haqida bayonot bergandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив