Yuk tashuvchi transport harakatiga mavsumiy cheklov o‘rnatiladi
O‘zbekistonda harorat yuqori bo‘lgan vaqtda yo‘llarda yuk tashuvchi transport harakatiga mavsumiy cheklov o‘rnatiladi. Bu 10-oktabr kuni qabul qilingan "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
2024 yil 1-yanvardan yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi.