Andijonda gaz narxini sun’iy oshirgan “zapravka” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Andijon viloyatida gaz narxini sun’iy oshirgan MCHJ faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu xaqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati ma’lum qildi.
Kecha, 20 oktyabr kuni Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi “Mezon avto oyl” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasida 1 metr kub siqilgan gazni 3600 so‘mdan sotilayotgani iste’molchilar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qarori talablari yuzasidan ogohlantirish berilishiga qaramasdan, mazkur shaxobchada 1 metr kub siqilgan gaz 3600 so‘mdan sotilayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda mazkur shaxobcha gaz tarmog‘idan ajratilib, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.