Norinda PUBG akkaunti sotib olmoqchi boʻlgan yigit 17 millionga “uxladi”
Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17 mln 315 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, A.I., jabrlanuvchi T.I. bilan Telegram messenjerining “monstersavdo” nomli kanali orqali tanishib, unga goʻyoki kuchaytirilgan “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oldindan 17 mln 315 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazdirib olgan.
Shundan soʻng oʻzaro kelishmovchilik tufayli 12 mln soʻm pullarini qaytargan, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.