Surxondaryodagi bankda amaliyot o‘tayotgan ikki talaba qamaldi
Surxondaryodagi bankda amaliyot o‘tayotgan ikki talaba fuqaroning bank kartasidan 75,7 million so‘mni noqonuniy yo‘l bilan o‘g‘irlab, naqdlashtirib oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmat xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Termiz shahrining “Tuproqqo‘rg‘on” MFYda yashovchi fuqaro “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, noma’lum shaxslar bank kartasidan ilova orqali 75 million 700 ming so‘m pulni yechib olganini bildirgan. Mazkur murojaat asosida viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruvlar natijasida ushbu jinoyatni tijorat banklaridan biriga amaliyot o‘tash uchun borgan ikki nafar talaba sodir qilgani aniqlangan.
Talabalar amaliyot davrida bank faoliyatini bevosita o‘rganib, tanishining nomiga rasmiylashtirgan telefon raqami hamda uning telefonidan foydalangan holda bank xodimlarini aldab, turli amaliyotlarni bajargan. Jumladan, fuqaroning 75 million 700 ming so‘m pulini noqonuniy ravishda o‘g‘irlagan va Termiz shahridagi bankomatlarda naqdlashtirib olgan. Gumonlanuvchilar qisqa fursatda aniqlanib, ulardan telefon apparatlari, bank kartalari, va 59,8 million so‘m pul hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. Sud hukmiga ko‘ra amaliyotchi talabalar Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybli deb topilgan va ulardan biriga 2 yil 3 oy, ikkinchisiga esa 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.