Luvr muzeyi yopildi
Parijdagi Luvr muzeyi ayrim xodimlarining umummilliy ish tashlashda ishtirok etishi sababli vaqtinchalik yopildi. Bu haqda muassasaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi.
“Luvr muzeyi, afsuski, muzey xodimlarining bir qismi ish tashlashga qo‘shilgani sababli bugun tashrif buyuruvchilar uchun ochilmaydi”, — deyiladi bayonotda.
Luvr - Fransiya poytaxtidagi eng katta va eng mashhur muzey. 2022 yilda unga 7,8 million kishi tashrif buyurdi, ularning aksariyati xorijiy sayyohlar.
Shu kunlarda Fransiya bo‘ylab ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat kasaba uyushmalari ish haqi, pensiyalarni oshirish, ayollar va erkaklarning teng mehnat huquqlarini kafolatlash shiorlari ostida keng ko‘lamli ish tashlashni boshladilar.
Butun mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin namoyishlar o‘tkazilishi kutilmoqda, ularda 125 mingdan 150 minggacha odam qatnashishi mumkin.
Eng yirik norozilik namoyishlari Parijda rejalashtirilgan, u yerda 15 minggacha ishtirokchi aksiyaga qo‘shilishi kutilmoqda.
Ish tashlash Parij transportiga ta’sir qiladi, xususan, shaharlararo qatnovchi poyezdlar harakatiga. Bundan tashqari, poytaxt aeroportlarida rejalashtirilgan ayrim reyslar bekor qilingan.
Tibbiyot xodimlarining kasaba uyushmalari ham tariflarni oshirishni talab qildi. Ular shifokorlarni juma kuni o‘z kabinetlarini yopishga va (bemorlarning hayotiga tahdid soladigan shoshilinch holatlar bundan mustasno) barcha operasiyalarni boshqa kunlarga qayta rejalashtirishga chaqirishdi.
Hukumat prognozlariga ko‘ra, Fransiyada yil davomida inflyasiya 5,8 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, oziq-ovqat narxlari umumiy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
O‘z navbatida, energiya narxining oshishi yashash narxining rekord darajada ko‘tarilishiga olib keldi. Xarajatlar deyarli 6,5 foizga o‘sdi, bu 19 yillik eng yuqori ko‘rsatkichdir.