Germaniyada noqonuniy migrasiya rekord darajaga chiqdi
Sentyabr oyida 21 366 nafar noqonuniy muhojir Germaniya hududiga kirgan va bu migrasiya inqirozi avjiga chiqqan 2016 yilning fevralidan beri 7,5 yil ichidagi eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir. Polisiyaga ko‘ra, bu raqam barqaror o‘sib bormoqda. Yanvardan sentyabrgacha Germaniyaga 92 119 kishi noqonuniy kirib kelgan. Agar bu tendensiya davom etsa, noqonuniy muhojirlar kirib kelishi soni 2016 yildagi 112 ming kishidan oshib ketadi.
Bir kun avval hukmron koalisiyaning uch partiyasi yetakchilari Berlinda uchrashib, noqonuniy migrasiya bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan edi. "Biz Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmaganlarni keng miqyosda deportasiya qilishimiz kerak", — dedi kansler Olaf Shols Der Spiegel nashriga.
16 oktyabr kuni Germaniya Shveysariya, Polsha va Chexiya bilan chegaralarida stasionar nazorat joriy qilayotgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi bir oy ichida Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari – Avstriya, Slovakiya, Chexiya va Polsha ham o‘z chegaralarida nazoratni joriy etishga qaror qilgan.