Navoiyda 24 mlrd so‘mlik "svet" o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, fuqaro R.E.I.ga tegishli, umumiy iste’mol quvvati 840,4 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilindi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.