Zambiyada kuydirgi kasalligi avj oldi

Zambiyada kuydirgi kasalligi avj oldi
Zambiyada 330 dan ortiq kuydirgi kasalligi aniqlangan, ulardan 4 nafari vafot etgan. Bu haqda Zambiya sog‘liqni saqlash vaziri Silviya Masebo ma’lum qildi.

"Mamlakatda kuydirgi kasalligi avj oldi, kasallanganlar soni 335 nafarga yetdi, - deyiladi xabarda. "O‘lim bilan yakunlangan to‘rtta holat qayd etilgan. Mamlakatning 10 viloyatidan 6 tasida kasallanish holatlari aniqlangan". Maseboning ta’kidlashicha, odamlar kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilish orqali kasallangan.

Kuydirgi - bu bakteriyalar keltirib chiqaradigan sutemizuvchilarning o‘ta xavfli yuqumli kasalligi. Spora ko‘rinishidagi patogen ko‘p yillar davomida tuproqda yashovchan bo‘lib qoladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив