Toshkent viloyatida 2 yil oldin mashinasini sotib yuborgan fuqaro uyiga 50 mln jarima keldi

Toshkent viloyatida 2 yil oldin mashinasini sotib yuborgan fuqaro uyiga 50 mln jarima keldi
Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro IIBBga murojaat qilib, o‘zining nomidagi mashinani sotib yuborganligi, ammo o‘sha mashinaning tezlik talablarini buzganligi haqidagi jarima qarorlari uyiga kelayotganligini bildirgan. Natijada viloyat IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro oldi-sotdi ishlarini qonuniy tarzda notarial idoralar orqali amalga oshirmasdan, avtomashinani berib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.

"2021 yilda Vaz rusumli avtomobilimni sotib olgan shaxs notariusga boramiz, deb va’da berdi. Keyinchalik borishni xohlamadi. So‘ngra, u Davron degan ismli yigitga, Davron esa Bekmurod ismli yigitga va avtomobil shunday tarzda 5-6 ta insonga sotib yuborilgan",- deydi mashinaning sobiq egasi.

Ta’kidlanishicha, mashinani oxirgi sotib olgan xaridor nomerni har xil mashinalarga qo‘yib, radarga tushgan. 101 ta radarga tushishi natijasida 50 mln so‘m jarima bo‘lgan.

Qidiruv ishlari sabab mashinani oxirgi bo‘lib sotib olgan fuqaro aniqlandi.

"Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilishi ko‘zda tutilgan",- deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив