Andijonda ayol binoning 3-qavatidan tushib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol kishi uyning 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborganligi aks etgan video tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 27 oktyabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahar 3-kichik daha 7-uy, 22-xonadonda sodir bo‘lgan.
Fuqaro N.R.ning viloyat IIB ning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaati asosida profilaktika inspektorlari yetib kelishganida xonadon egasi N.G. uyning derazasi tashqi tomoniga chiqib, hayotdan to‘yganligini bildirib baqirayotgan bo‘lgan.
Xonadon eshigi berkligi sababli viloyat FVBning qutqaruv otryadi xodimlari chaqirtirilib, eshik ochib kirilgan. Derazaning tashqi tomonida turgan N.G.dan pastga tushishi aytilganida, N.G. o‘zining ehtiyotsizligi tufayli sirpanib ketib, 3-qavatdan tushib ketgan.
Oqibatda N.G. og‘ir tan jarohatlari bilan RSHTYOIM ning viloyat filialiga olib borilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.