G‘azoda 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi

G‘azoda 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi
7 oktyabrdan beri bloklangan G‘azo sektorida Isroil hujumlari natijasida 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

G‘azo Ichki ishlar vazirligi voizi Iyad al-Bezm matbuot anjumanida Isroil G‘azo shahri aholisini ko‘chirish uchun boshpana va shifoxonalarni nishonga olganini aytdi.

"Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi", - deydi Bezm.

"Oxirgi ikki kun ichida ishg‘olchilar xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosforli bombalardan foydalanishni kuchaytirganini" qayd etgan rasmiy, yana bir bor "vijdon ahlini" G‘azodagi urushni tugatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив