Berbok G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

Berbok G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda
Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "bu kurash falastinlik tinch aholiga emas, terrorchilik tashkiloti HAMASga qarshi olib borilayotganini aniq ko‘rsatishga yordam beradi". Bu haqda u Tokiodagi G7 sammiti oldidan aytib o‘tdi. Annalena Berbok G7 davlatlari Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

Shu bilan birga, AQSh va Germaniya G‘azoda to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini hamon istisno qilmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, "bu G‘azo sektorida hukmronlik qilayotgan xradikal islomiy tashkilot HAMASning 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujumni amalga oshirgan qayta to‘planishiga imkon beradi".
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив