Bayden Netanyaxudan jangni to‘xtatishni so‘raganini tasdiqladi

Bayden Netanyaxudan jangni to‘xtatishni so‘raganini tasdiqladi
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatishni so‘raganini tasdiqladi.

Axios avvalroq xabar berishicha, dushanba kuni Netanyaxu bilan telefon suhbati chog‘ida Amerika yetakchisi garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish uchun uch kunlik sulh e’lon qilishni taklif qilgan.

Jurnalistlar Baydenga ular chindan ham uch kun haqida gapiryaptimi yoki yo‘qmi, aniq savol berishgan, ammo u bu haqda izoh bermagan.

Oq uyning bildirishicha, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Qo‘shma Shtatlar va Isroil yetakchilari G‘azo sektorida gumanitar maqsadlarda “taktik pauzalar” va garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilgan.

Netanyaxu HAMAS tomonidan garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilmasdan turib, sulhga erishish mumkin emasligini ta’kidladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив