BAA kompaniyasi O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishmoqchi
Birlarshgan Arab Amirliklari O‘zbekistonda buta mevalarini yetishtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tmoqchi. Bu haqida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Vazir Laziz Kudratov Abu-Dabi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat tashkiloti bosh direktori, “E20 Investment Limited” kompaniyasi raisi Said Al-Ameri bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Korxona 6 ming tonna serhosil va eksportbop buta mevalarini yetishtirishni nazarda tutuvchi loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va veterinariya sohalarida yangi investisiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida yangi loyiha va tashabbuslar hayotga tatbiq etilishini faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Ma’lumot uchun, E 20 Investment Limited – qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasiga ixtisoslashgan investisiya kompaniyasi. Ushbu sohada 20 yillik tajribaga ega. Tarkibiga Yevropa, Markaziy Osiyo va Afrikada investisiya loyihalarini amalga oshiruvchi 12 dan ortiq sho‘ba korxonalari kiradi.