O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratiladi
Madaniyat vazirligi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Prezidentning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Prezidentning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
- Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
- uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berish;
- uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
- “Birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartiralar hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini mahalliy byudjet hisobidan qoplab berish” sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish, uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
- har yili mahalliy byudjetdan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi va ikkilamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 million so‘mdan hamda Toshkent shahri uchun 245 million so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi;
- subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi tavsiyanoma olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi;
- subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham inobatga olinadi;
- yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlari Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar uchun ajratiladi;
- sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.