O‘zbekistonda yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

O‘zbekistonda yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda
Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk solig‘ini teng ikkiga bo‘lgan holda, yarmini 15 aprelgacha qolgan yarmini 15 oktyabrga qadar to‘lashi belgilangan, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar uchun penya hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqarolarga Soliq_uz manzilidan yoki 6079 raqamidan SMSlar yuborilmoqda. SMSda "Batafsil" hamda "To‘lash" havolalari bor.

- "Batafsil"da to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan ob’ekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi mas’ul xodimi aloqa raqami va boshqa ma’lumotlar o‘rin olgan.

- "To‘lash"da esa "Soliq" mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga
oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

To‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatda mavjud ob’ekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli bo‘lmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud bo‘lib, soliq imtiyozi qo‘llanilmagan bo‘lsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

E’tibor bering: "Soliq" mobil ilovasi orqali soliq to‘langanda hech qanday kod so‘ralmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив