Zulfiya mukofoti sovrindori Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova vafot etdi

Zulfiya mukofoti sovrindori Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova vafot etdi
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi.

Gazeta.uz'ning xabar berishicha u ma’lum muddat o‘lik homila bilan yurgan va bola olinganidan keyin uning ahvoli og‘irlashib, dastlab Taxtako‘pir tumanidagi kasalxonaga yetkazilgan. 3 kun avval Nukus shahridagi tez yordam shifoxonalaridan biriga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning 2 yoshga to‘lmagan o‘g‘il farzandi bor.

Ayjamal Joldasbayeva 1997 yil 23 yanvarda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. Jurnalistika yo‘nalishida O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining bakalavr hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining magistratura bosqichlarini tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) darajasi uchun ilmiy izlanish olib borayotgan bo‘lgan. 
2014 yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan.

Jamoatchi, faol hamda tashabbuskor yosh olimaning vafoti munosabati bilan yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив