Sayohat uchun eng xavfsiz davlatlar 10 taligi

Sayohat uchun eng xavfsiz davlatlar 10 taligi
Shimoliy Amerikaning eng yirik sayohat sug‘urtasi kompaniyasining ekspertlari 2024 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz davlatlar nomini e’lon qildi. Reytingning eng yuqori birinchi pog‘onasini Kanada egalladi. Bu mamlakatda zo‘ravonlik jinoyatlari kam bo‘lib, ayol sayohatchilar uchun ham eng xavfsizi hisoblanadi. Ikkinchi o‘rin Shveysariyaga, uchinchi o‘rin zo‘ravonlik darajasi pastligi tufayli Norvegiyaga nasib etdi.

Ushbu reytingdan o‘rin olgan sayohat uchun eng xavfsiz 10 ta mamlakatni sanab o‘tamiz: Kanada, Shveysariya, Norvegiya, Irlandiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Daniya, Islandiya, Avstraliya.

Ma’lumot uchun, “Lonely Planet Global” sayyohlik kompaniyasi 2024 yil sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakat sifatida O‘zbekistonni qayd etgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив