Dunyoda kashandalar soni 19 million nafarga kamaydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’mol qiluvchilar soni 19 million nafarga kamaygan.
Bu davrda sayyoramiz aholisi 149 million kishiga ortganini e’tiborga olsak, qayd etilgan natija, albatta, quvonarli.
JSST tahlilida ushbu ko‘rsatkichlar yigirma yil avvalgi davr bilan ham taqqoslangan. Unda keltirilishicha, 2002 yilda sayyoramizdagi har uchinchi katta yoshli odam tamaki chekkan bo‘lsa, 2022 yilda har beshinchi odam bu illat asiriga aylangan.
E’tiborlisi, ayni paytda kashandalikni qisqartirishga erishayotgan mamlakatlar soni 150 taga yetgan. Bu borada Braziliya peshqadam. Mazkur davlatda 2010 yildan beri tamaki iste’moli 35 foizga kamaygan bo‘lsa, Niderlandiya 30 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Biroq pasayish tendensiyasi xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki Yer yuzida 1,25 milliard kishi hamon chekuvchilar safida. Qolaversa, oltita davlat — Kongo, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Ummon va Moldovada tamaki iste’moli o‘sishi davom etmoqda.
Bundan tashqari, eng ko‘p kashandalar soni Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida ro‘yxatga olinyapti. Bu yerda aholining 26,5 foizi chekuvchilar. Ikkinchi o‘rindan Yevropa mintaqasi davlatlari joy olgan. Mazkur hududda aholining 25,3 foizi tamaki iste’mol qiladi.
Xotin-qizlar o‘rtasida bu illatga rujo‘ qo‘yganlar soni Yevropada eng yuqori. Boshqacha aytganda, bu yerdagi statistika dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘proq. Shu bois ekspertlar 2030 yilga kelib, mintaqada chekish bilan bog‘liq kasalliklar eng yuqori darajaga yetishini prognoz qilmoqda.
Mavjud vaziyatni hisobga olib, JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizasiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirdi.