Zika virusi saraton kasalligiga qarshi kurashishda yordam berishi ma’lum bo‘ldi

Zika virusi saraton kasalligiga qarshi kurashishda yordam berishi ma’lum bo‘ldi
Orlandodagi (AQSh) Nemur bolalar kasalxonasi olimlari Zika virusining ilgari noma’lum bo‘lgan xususiyatini aniqlashdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, u saraton kasalligiga qarshi kurashda yordam beradi.

Tajribalar davomida laboratoriya sichqonlariga saratonning eng tajovuzkor va chidab bo‘lmas turlaridan biri bo‘lgan odam neyroblastoma o‘smalari hujayralari joylashtirildi. Keyin kemiruvchilarga Zika virusi yuborildi. Ko‘p o‘tmay, o‘simta to‘qimalari deyarli to‘liq nobud bo‘ldi hamda sichqonlar uzoq muddatga omon qolishdi.

Virusning bitta in’eksiya samaradorligi 80 dan 90 foizgacha. Shundan so‘ng sichqonlarda kasallik belgilari yo‘qoldi. Tajribadan so‘ng sog‘lom to‘qimalarga zarar yetmadi.

Viruslar va saraton o‘rtasidagi bog‘liqlik uzoq vaqtdan beri ma’lum. XIX asrda shifokorlar gripp, gepatit, qizamiq yoki chechak bilan kasallangan ba’zi saratonga chalingan bemorlarining ahvoli yaxshilanganini payqashgan. Saraton hujayralarini nishonga olish va zarar yetkazish qobiliyati tufayli bu viruslar onkolitik viruslar deb ataladi.

Saratonga qarshi kurashish uchun viruslardan maxsus foydalanishga urinishlar uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyasizlikka uchradi. Ammo 1990-yillarda patogenlarni xavfsizroq va samaraliroq qilishga qaratilgan texnologiyalar paydo bo‘ldi. Bugungi kunga qadar saraton kasalligini davolash uchun to‘rtta virus, shu jumladan modifikasiyalangan gerpes virusi qo‘llanilgan.

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Zika virusi CD24 deb ataladigan o‘ziga xos oqsilning yuqori darajasini ifodalovchi neyroblastomalarga ta’sir qiladi. Boshqa saraton turlariga qarshi samarali bo‘lishi mumkinligiga ishonish uchun asoslar mavjud. Yaqin kelajakda olimlar yangi texnologiyani odamlarni davolash uchun moslashtirmoqchi, deya
xabar beradi mir24.tv.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив