Xitoyda Osiyodagi eng yirik litiy koni topildi

Xitoyda Osiyodagi eng yirik litiy koni topildi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi Yajiang shahrida million tonnaga yaqin litiy rudalari topildi.

Bu konni pegmatit tipidagi monomer litiy rudalarining Osiyodagi eng yirik manbasiga aylantirdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi Xitoy tabiiy resurslar vazirligi bayonotiga tayanib.

Litiy batareyalar, quyosh panellari va elektromobillarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy manbalardan biridir.

Xitoy, o‘z navbatida, litiyni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Bu mamlakat global litiy ishlab chiqarishning qariyb 60 foiz ulushiga ega.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив