“To‘raqo‘rg‘on” IYESda quvvati 3,5 MVt bo‘lgan quyosh fotoyelektr stansiyasi qurilmoqda
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 5,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada 1,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
“To‘raqo‘rg‘on” issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini “yashil energiya” manbalaridan qoplash choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda elektr stansiyasida navbatdagi 3,5 MVt quvvatga ega quyosh fotoyelektr stansiyasi qurilyapti. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 5,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada 1,3 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Ushbu loyihani joriy yil oxiriga qadar yakunlab, ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yil iyun oyida “To‘raqo‘rg‘on” IYESda quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, u orqali hozirgi kunga qadar 582 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Shuningdek, stansiyadagi mavjud binolar tom qismiga umumiy quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh panellari hamda har birining sig‘imi 200 litr bo‘lgan 6 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan.