Ekologiya vaziri Parlamentda hisob beradi
IQAir Havo sifati indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘ntalikka chiqdi. Ushbu reyting ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosidagi konsentrasiya PM2.5 (mayda dispers chang zarrachalari) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan normadan 8-10 baravarga ko‘proqdir. Bunday havo zaif guruhlar uchun zararli hisoblanadi. Shu bois, mutaxassislar tomonidan ko‘chalarda niqob taqib yurish va oynalarni yopish tavsiya etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ham poytaxtdagi havoning ifloslanishi eng asosiy muhokama mavzusiga aylandi.
Bugungi videolavhada deputatlar va fraksiya rahbarlarining respublika shu jumladan Toshkent shahri havosi ifloslanishi yuzasidan aniq masalani ko‘ndalang qo‘yishayotganini kuzatishingiz mumkin. O‘tkazilgan yalpi majlis avvalida deputat O‘ktam Islomov atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining axborotini eshitish taklifini bildirdi.
Deputat taklifi barcha fraksiya vakillari tomonidan bir ovozda qo‘llab-quvvatlandi. Ayniqsa "Adolat"sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Zuxra Ibroximovaning fikri ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilxom Abdullayevning ta’kidlashicha, Qonunchilik palatasi hisobotni tinglashdan tashqari, prezidentga hukumat a’zolarini iste’foga chiqarishning maqsadga muvofiqligi, shaxslarni javobgarlikka tortish va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish bo‘yicha ham taklif berishga haqli ekanligi alohida eslatib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Xayrullo G‘afforovning qayd qilishicha, tinglovni "ko‘rgazma uchun" o‘tkazish rejalashtirilmagan. Fraksiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida olimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, muammoni joyida o‘rganadigan ishchi guruh ham tuzilgan.