O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Kampala shahrida (Uganda) 18-yanvar kuni O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Uganda tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.

Uganda Sharqiy Afrikadagi davlat bo‘lib, maydoni 236 ming kilometr kvadratga teng. Aholisi 44,7 million kishini tashkil etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив