G‘azo sektorida halok bo‘lganlar 25 ming kishiga yaqinlashdi
G‘azo sektorida Isroil harbiy zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 mingga yaqinlashmoqda. Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Isroilning o‘tgan yilning 7 oktyabridan buyon amalga oshirgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 927 nafarga yetdi, 62 388 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari oqibatida 165 kishi halok bo‘lgan va kamida 280 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayronalar ostida va anklav yo‘llarida qolmoqda, shifokorlar va qutqaruvchilar ularga hali yetib bora olmayapti.