Yuqori Cho'ja MFY raisi vakant boʻlganligi sababli Yuqori Cho'ja mahallasida aholi vakillar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda MFY raisligiga qatnashchilar tamonidan tavsiya etilgan nomzodlar ichidan Yuqori Cho'ja mahallasida yashovchi Ulugʻxoʻjaev Xayrullo mahalla raisiligiga tavsiya etildi hamda ovoz berish yo'li bilan mahalla raisligiga saylandi.
Ma'lumot uchun Ulugʻxoʻjayev Xayrullo 1974-yil tug'ilgan ma'lumoti Oliy ikki nafar farzandi bor saylovga qadar Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tuman IIB boshligʻining huquqbuzarlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Bundan tashqari Uchtepa MFY raisi boshqa ishga o'tganligi sababli Uchtepa MFY raisligiga yangi rais saylash uchun mahalla binosida yigʻilish bo'lib o'tdi. Undagi yig'ilish qatnashchilari tomonidan nomzodlar ichidan Uchtepa mahallasida yashovchi Soyibboyev Javlonbek Husanboy oʻgʻli tavsiya etildi hamda Uchtepa mahalla raisi etib saylandi.
Ma'lumot uchun Soyibboyev Javlonbek 1994-yil tug'ilgan ma'lumoti Oliy bir nafar farzandi bor saylovga qadar Norin tuman Uchtepa MFY 42-maktab direktori oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Нет комментариев.