Ronaldu o‘z rekordini yana bir bor yangiladi
Dam olish kunlari 2024 yilgi Yevropa chempionatining saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Saralashning 2-turi doirasida “J” guruhidan o‘rin olgan Lyuksemburg va Portugaliya termalari kuch sinashdi. To‘liqligicha Portugaliyaning ustunligida o‘tgan bahsda Roberto Martines shogirdlari 6:0 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, Portugaliya terma jamoasi safida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Shu tariqa hujumchi terma jamoa safidagi 121 va 122-gollarini kiritib, terma jamoalar safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘ziga tegishli rekordni yana 2 ta to‘pga yangilab qo‘ydi.
1-turda Portugaliya o‘z uyida Lixtenshteyn bilan kuch sinashib, 4:0 hisobida zafar quchgandi. O‘sha bahsda ham Ronaldu 2 ta golga mualliflik qilgandi. Lyuksemburgga qarshi bahsdan so‘ng, Ronaldu o‘z Twitter sahifasida ortda qolgan ikki tur haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ikki turdan so‘ng Portugaliya o‘z guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 1 ta g‘alaba va 1 ta durang natija qayd etgan Slovakiya esa 4 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.

“Ikki o‘yin, ikki g‘alaba! Maqsadga erishildi. Jamoamiz saralashni juda ijobiy boshlashiga hissa qo‘shganimdan xursandman. Olg‘a!” deb yozdi hujumchi.