Ertaga quyosh nuri salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Ertaga quyosh nuri salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin
Ertaga tush payti Toshkentda quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 11 balli shkalada 10 balli bo‘lishi kutilyapti.

3 may kuni tush payti soat 12-13 oralig‘ida quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 11 balli shkalada 10 balli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet tarkibidagi sun’iy yo‘ldosh va ob-havo ma’lumotlariga oid ma’lumotlarni berib boradigan Meteoinfocom kanali ma’lum qildi.


Nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashib, soat 14:00da 9, 15:00da 7 va 16:00da 5 darajaga tushib, pasayib borishi ko‘rsatilgan.


Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bu jarayon quyoshning xavfli darajadagi nur sochishi ekani va mavsumga xos emasligi haqida yozmoqda.


“Bu kabi keskinlik quyoshda 30 aprel kuni kuchli chaqnashlar fonida ro‘y berayotgan ko‘rinadi. Va ultrabinafsha nurlari atmosferaning ozon qatlamidan o‘tmishga nisbatan "to‘siqlarsiz" kirib kelishi ortidan kuzatilayotgan bo‘lishi ham mumkin”, – deb yozadi u.


Aholiga ertaga tush payti quyoshdan himoyalanish, ochiq oftobda bosh kiyimlarini kiyib olish tavsiya etiladi.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив