UzAuto Motors’ning foydasi ikki barobar kamaydi
UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi 2023 yilning birinchi choragiga ko‘ra 258,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 43,8 foizga kamroq.
Kompaniyaning daromadi ilk chorakda, 2022 yilning dastlabki choragiga nisbatan 8,7 trln so‘mdan 8,8 trln so‘mga ko‘paygan. Xarajatlar ham 7,4 tlrn so‘mdan 7,6 trln so‘mga oshgan.
UzAuto Motors 2023 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar kamroq foyda solig‘ini to‘lagan. 2022 yilda — 115 mlrd so‘m, 2023 yilda — 54,2 mlrd so‘m.
Qizig‘i, UzAuto Motors tomonidan e’lon qilingan o‘tgan yilning birinchi choragi bo‘yicha hisobotlarda kompaniya sof foydasi 620 mlrd so‘m bo‘lgani ko‘rsatilgan. Agar bu hisobotga ishonilsa joriy chorakdagi foyda ikki barobardan ham ko‘proq kam.
Ma’lumot uchun kompaniya yil boshida IPO ham o‘tkazgan edi.