Jizzaxda ona 2 yoshga to‘lmagan farzandini o‘ldirib, o‘zini osib qo‘ydi
2023 yil 6 may kuni Jizzax viloyatida mudhish voqea sodir bo`ldi. Ayol o`zining 2 yoshga ham to`lmagan farzandi, undan so`ng o`zining ham joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 6 may kuni soat 12-40 larda, IIB "102" tizimiga Ravalliq MFY Xasankal qishlog`ida yashagan , uy bekasi bo`lgan, 1998 yilda tug`ilgan Sh.X yashash uyi hovlisida joylashgan xojatxonasiga o`zini osib, o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so`ng voqea joyi ko`zdan kechirilganda, yashash uyida ayolning farzandi 2022 yilda tug`ilgan, A.O.ning qorin sohasiga 2 marta oshxona pichog`i bilan sanchilgan jarohatlari bilan jasadi topilgan.
Surishtiruv jarayonida Sh.X farzandi A.O.ni o`ldirib, so`ng o`zini osib, o`ldirgani ma`lum bo`lgan.
Hozirda holat yuzasidan IIB hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o`rganish ishlarini davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.