Fohishaxona saqlash bilan shug‘ullangan bir nechta fuqarolar fosh etildi

Fohishaxona saqlash bilan shug‘ullangan bir nechta fuqarolar fosh etildi
“Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish” borasida o‘tkazilgan navbatdagi maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlar fosh etildi.

Jumladan, 2023 yil 21 aprel kuni taxminan soat 15-00 larda Olot tumani “Dilkor“ mahallasida yashovchi 1953 yilda tug‘ilgan J.I. o‘z uyida moddiy manfaat evaziga bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Ikkinchi holatda esa 2023 yilning 5 may kuni Kogon tumanining “Nurafshon” mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan N.A. ismli ayol g‘arazli va boshqa past niyatlarda jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, bir fuqarodan 150.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib uning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun tanishi Q.M. ismli ayolni topib berib, ularga sharoit yaratib berib fohishaxona tashkil qilish jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив