Rheinmetall Ukrainada qo‘shma korxona yaratadi

Rheinmetall Ukrainada qo‘shma korxona yaratadi
Germaniyaning eng yirik mudofaa konserni va Ukrainaning "Ukroboronprom" davlat korporasiyasi tanklar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratmoqda. "Shartnomalar allaqachon imzolangan", — dedi konsern bosh direktori Armin Papperger Handelsblatt gazetasiga.

Hamkorlik Ukrainada zirhli texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga oladi. Bunga parallel ravishda tanklar ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Rheinmetall "texnologiyalarni keng qamrovli o‘tkazish" va harbiy texnikani qisqa muddatda yetkazib berishni va’da qilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив