Erdog‘an saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda hokimiyatdan ketishga tayyorligini ma’lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an turk nashrlariga bergan intervyusida 14-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan taqdirda, hokimiyatdan ketishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Biz hokimiyatga demokratik yo‘l bilan keldik. Biz xalqimiz roziligi bilan hokimiyatga keldik. Agar saylovda xalqimiz boshqacha qaror qabul qilsa, biz demokratiya uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilamiz”, – deydi Erdog‘an.
Shuningdek, prezident har qanday natijani qonuniy deb hisoblashini aytdi va “Ovoz berish natijalarini hurmat qilmagan, millatni hurmat qilmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z hukmronligi yillarida hech kimning turmush tarziga aralashmagan, har qanday g‘oya qanchalik ziddiyatli bo‘lmasin, ularni taqiqlamagan:
“Biz raqiblarimizning obro‘sini o‘ldirish orqali ularni yo‘q qilishga urinmadik. Biz terror tashkilotlari bilan yashirin hamkorlikda hokimiyat yo‘lini qidirmadik”.