Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasi ko‘rib chiqiladi - Gitanas Nauseda
Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasi alyansning 2023 yil iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladi, dedi Litva prezidenti Gitanas Nauseda Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida.
«Bu a’zolik to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi degani emas, lekin Kiyevga aniq xabar yuborish uchun choralar ko‘rish kerak: biz Ukrainani NATOga imkon qadar yaqinlashtirish uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz», dedi Nauseda.
Avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy NATOdan o‘z hududidagi harbiy mojaro tugaganidan keyin mamlakat NATOga qabul qilinishi haqida aniq signal berishni so‘ragan edi.