Surxondaryoda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 16 iyun kuni soat 12:25 lar chamasida Denov tumani “Minora” mahallasi hududida joylashgan “Minora” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonida harakatlanib ketayotgan “Kamaz” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Kelib chiqqan yong‘in sabab yuk mashinasining g‘ildiraklari va motor qismi qisman yongan va daladagi somon poyaga tutashgan. Natijada g‘alladan bo‘shagan dalaning 2 gektar maydonidagi somon poyasi yongan.
Voqea joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:41 da yetib borib, yong‘in soat 12:43 da qurshab olingan va soat 13:02 da batamom o‘chirilgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga “Kamaz” yuk mashinasining elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q.