12 ta tuman va shahar hokimlari lavozimidan ozod etildi

12 ta tuman va shahar hokimlari lavozimidan ozod etildi
Bu yilgi investisiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi.

Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, G‘allaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya olib kelingani qayd etildi.

Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘ldi.

Lekin Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida bu ko‘rsatkichlar pastligi, investisiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив